<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><hymn_number>166</hymn_number>
<lyrics>[V1]
 Ne munavvar kun edikim
 Tangri: kel qoʻzim dedi
 Dunyolardan axtarmagin
 Mehribon Oʻzim, dedi
 Qoʻllarimni ochdim-u boqdim
 Boqdim Shohanshohim tomon
 Koʻkda Rabbiy chorlar erdi
 Men tomon kelgin, dedi

[V2]
 Soʻrdim Ul Shohi jahondin
 Sen tomon qaydan boray
 Qoʻllarimga tutdi Rabbim
 Yoʻl - Kalom, Soʻzim, dedi

[V3]
 Ikkilanmay xochga bordi
 Garchi jon shirin edi
 Oʻrningga qurbon boʻlay Men
 Sen omon qolgin dedi
 Boxabarman nuri diydam
 Senga koʻp oson emas
 Har na kelsa pok imonda
 Barqaror qolgin dedi</lyrics>
<title>Ne munavvar kun edikim Q166</title>
<author>Raʼno opa</author>
</song>